Boyovut tumanida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrь kunidagi 4006-sonli qarori talablariga muvofiq Boyovut tuman IIO Probatsiya guruhi va Boyovut tuman Bandlikka Ko‘maklashish Markazi hamkorligida Boyovut tuman IIO Probatsiya guruhi hisobidagi nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda ularning bandligini ta’manlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, reja bandlariga asosan Boyovut tumani A.Navoiy mahallasida joylashgan 3-sonli umumta’lim maktabida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasida Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobidagi nazorat ostidagi shaxslardan 15 nafari qatnashdi. Ularni mutahassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.

Nazorat ostidagi shaxslardan besh nafari ya’ni, D.Begaliev va I.Nurmatovlar “Boyovut Farovonligi” MChJga qarashli g‘isht zavodiga, A.Mamatqulov Boyovut tumani “Suv iste’molchilar uyushmasiga”, A.Eraliev, O‘.Xaydarovlar mahallada tashkil etilgan xaq to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga joylashtirilib ish bilan ta’minlandi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati