IIV Samarqand akademik litseyiga 2020-2021 o’quv yili uchun nomzodlar qabuli bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

IIV Samarqand akademik litseyiga 2020-2021 o’quv yili uchun nomzodlar qabuli boshlanganligi munosabati bilan 12 fevral` kuni viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari podpolkovnik O.Nasimov hamda akademik litsey direktori o’rinbosari podpolkovnik A.Xomedovlar ishtirokida akademik litseyga o’qishga kirish uchun qabulga kelgan nomzodlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Akademik litseyga o’qishga kirish istagini bildirib kelgan nomzod va ularning ota-onalariga Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 767-sonli qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseyiga nomzodlarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi Nizom talablariga ko’ra, IIV akademik litseylariga umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlayotgan, sog’lig’i jihatidan o’qishga yaroqli deb topilgan, tanlovlardan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar o’qishga qabul qilinishi hamda nomzodlarga beriladigan imtiyozlar tushuntirib o’tildi.

Ota-onalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Qabullar davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati