«Marixuana» va “gashish” manziliga eta olmadi

2 fevral` kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog’li va chegaradosh hududlardagi tezkor bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Termiz tumani “Manguzar” YPX maskanida tezkor tadbir o’tkazildi.

O’tkazilgan tezkor tadbir davomida SHerobod tumanida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan SH.N. ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg’otganligi sababli o’zining boshqaruvida bo’lgan sariq rangli “Neksiya-2” rusumli avtomashinasi to’xtatilib ko’zdan kechirilganda, avtomashinaning old yo’lovchi o’rindig’ining ostki qismidan qora rangli tselofan paket ichida 16 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga qadoqlangan o’tkir hidli, yashil rangli 56 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasiga o’xshash moddalar borligi aniqlanib, qo’shimcha surishtiruv ishlari olib borilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida SH.N. 16 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga qadoqlangan “marixuana” giyohvandlik moddasini Denov tumanida yashovchi B.U.dan har bir qutisini 100.000 so’mdan sotib olganligi ma’lum bo’lgan.

SHundan so’ng, tadbir davom ettirilib, 3 fevral` kuni soat 09:00larda B.U.ning yashash uyi va yordamchi xo’jaliklari ko’zdan kechirilganda, yashash uyining eski omborxonasidan olingan kordon qutilar ichida bo’lgan, Surxondaryo viloyati IIB ekspert-kriminalistika bo’limining 3 fevra` kunidagi xulosasiga ko’ra, 388 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga qadoqlangan o’tkir hidli, yashil rangli 1,5 kg “marixuana” hamda 3,92 gramm “Gashish” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 4 fevral` kuni B.U. hamda uning jinoiy sherigi SH.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati