O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general leytenant P.R.Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruhning Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrifining ikkinchi kuni

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruhning Qoraqalpog’iston Respublikasiga tashrifining ikkinchi kunida Bo’zatov tumanida bo’lib, kapital ta’mirdan chiqarilgan tuman ichki ishlar bo’limining ma’muriy binosi va unda xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, hududda jinoyatchilikning ahvoli, qolaversa profilaktika kunlarining natijadorligini kuzatdi.

Vazir tomonidan tuman hududida 2019 va 2020 yilning shu kuniga qadar bironta ham jinoyat sodir etilmaganligi e’tirof etildi.

SHuningdek, tumanning musiqa maktabida faol yoshlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. U erda iqtidorli yoshlar o’z chiqishlari va sahna ko’rinishlari bilan kutib olishdi. Musiqa maktabida taxsil olayotgan ko’p qirrali yosh qalamkashlar o’zlarining ijod mahsullari bilan hammani mamnun etdi. Vazir tomonidan ularga bugungi kunda mamlakatimizda yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish, kelajakda yaxshi insonlar bo’lib etishishlari uchun ko’p kitob mutolaa qilish va boshqa tavsiyalar berildi.

Kegeyli tumaniga tashrifda to’rtta sektor rahbarlarining tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida hamkorlikdagi ishlari va tumanning kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, ko’rilayotgan chora-tadbirlar o’rganildi.

Bundan tashqari, ishchi guruh mutasaddilari tomonidan Xo’jayli tumani ichki ishlar bo’limi hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar o’rganilib, tumanning «Bunyodkor» mahalla fuqarolar yig’iniga xizmat ko’rsatuvchi profilaktika inspektori Dalkenov Abdurashidning xizmat uyida ham bo’lib sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Xususan, «Vodnik» mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, 2019 va 2020 yilning o’tgan davrida hech qanday jinoyat sodir etilmaganligi, bunday natijaga erishish uchun mahalla faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoitlarini o’rganish, ayniqsa yoshlar orasida profilaktik tadbirlarni boshqa hududlarda ham kuchaytirish lozimligi aytildi.

Bundan tashkari, Xo’jayli tumani ichki ishlar bo’limi tergov-tezkor guruhining shayligini tekshirish maqsadida navbatchilik qismiga o’g’irlik jinoyati sodir etilganligi haqida xabar berildi. Tergov-tezkor guruhi voqea joyiga belgilagan muddatda etib bordi. SHundan so’ng, ishchi guruh tomonidan tergov-tezkor guruhi a’zolariga voqea joyiga tezkorlik bilan etib borishning ahamiyati haqida alohida tushuntirish berildi.

Navbatdagi tashrif Nukus shahrida bo’ldi. Bu erda xavfsiz hudud, xavfsiz shahar kontseptsiyasi asosida yo’lga qo’yilgan 3 bosqichli ishlar o’rganildi. Dastlab saf oldi yo’riqnomasi so’ng shaxsiy tarkib saf tortib, yo’riqnoma bo’yicha xizmat jarayoniga e’tibor qaratish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo’lish, xizmat intizomi hamda qonunchilikka qat’iy amal qilish, biriktirilgan hududlarda hushyorlikni yo’qotmaslik hamda korruptsiyaning xar kanday ko’rinishiga qarshi kurashish lozimligi tushuntirildi.

SHuningdek, xar bir xodim o’z ishiga vijdonan yondashishi, xalq mafaatlarini har narsadan ustun qo’yilishi zarurligi borasida ko’rsatmalar berildi.

IIV Axborot xizmati