13 fevralь kuni Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik B.E.Mirzaevning Qarshi shahar 3-sektorda yashovchi yoshlar bilan uchrashuvi Qarshi tibbiyot kolleji binosida o‘tkazildi. Uchrashuvda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.N.Atanazarov va boshqa mutasaddilar ishtirokida o‘tkazildi, 254 nafar yoshlar qatnashdi. Qarshi shahar 3-sektor rahbari tomonidan respublikamizda yuritilayotgan yoshlarga oid siyosatni yoshlar kelajagimiz ekanligi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’ruzasi eshitildi. Murojaat qilgan yoshlardan 8 nafariga Qarshi shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan kasbga o‘qitish bo‘yicha sertifikatlar, sport sohasida ulkan yutuqlarga erishgan 15 nafar yoshlarimiz sektor rahbarining tashakkurnomasi bilan takdirlandi va 21 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanishini so‘rab murojaat qilishdi, shundan 8 nafari kasbga o‘qitishga yo‘naltirildi. Qolgan murojaatlar esa Qarshi shahar bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ijrosi nazoratga olindi.
Sektor yoshlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi PQ-4498-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablari bo‘yicha imtiyozli kredit olish to‘g‘risida 16 nafar yoshlar murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlar bo‘yicha yoshlarga kredit olishda sektor rahbarini tavsiyanomalari berildi. Yoshlaring 2 nafari uy-joy bilan ta’minlanishida yordam berishlikni so‘rab murojaat qilishdi va murojaatlari o‘rganilib shahar hokimiyati huzuridagi uy-joy bo‘limi va shahar xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim qilishlik tushuntirildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati