Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.Atanazarov 3 sektor hududidagi 9-umumta’lim maktabida mahalla yoshlari bilan uchrashdi.
Unda tuman IIO FMB boshlig‘i, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, tashkilot va muassasa rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati navqiron avlodni har taraflama etuk insonlar etib voyaga etkazishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. O‘qib, izlanishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani qayd etildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati