Xatirchi tumani, «CHig’atoy» mahallasida 10 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hudud yildan-yilga obodonlashtirilayotgan bo’lsa-da, ba’zi serqatnov yo’llarning nosozligi, maktabga borar yo’llarda piyodalar uchun yo’laklarning yo’qligi, ayrim simyog’ochlarning eskirganligi, 25 ga yaqin xonadonlarning raqamlanmaganligi kabi echimini kutayotgan muammolar mavjud edi. Hasan Zoirov ushbu mahalla fuqarolaridan biri. Uning aytishicha, maktab oldidagi transformatorni o’chirib-yoqish uchun mas’ul xodim biriktirilmagan.

SHu kabi muammolarni tinglab, ularni bartaraf etish maqsadida viloyat 3-sektor rahbari tomonidan hududda sayyor qabul tashkil etildi. SHuningdek, qabul doirasida 200 nafarga yaqin fuqarolarning muammolari bo’yicha to’g’ridan–to’g’ri ochiq savol–javoblar o’tkazildi va fuqarolar o’zlarini qiynab kelayotgan muammolarni bayon qildilar. SHu kuni aholi tomonidan 51 ta muammolar tinglangan bo’lsa, ulardan 6 tasi joyida bartaraf etildi, 5 tasida tegishli tartibda o’rganishlar olib borilishi belgilandi va 40 tasi esa, yig’ilishda qatnashayotgan korxona va tashkilot rahbarlariga yo’naltirildi.

Uchrashuv yakunida, viloyat 3-sektor rahbari polkovnik R.R.Tursunov ishchi guruhi a’zolariga murojaatlarning ijrosini o’z vaqtida, sifatli ta’minlab, ishchi guruhi a’zolariga o’zlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda, vijdonan bajarishi lozimligi yuzasidan ko’rsatmalar berdi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati