Sirdaryo viloyati IIB boshlig’i Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga hisobot topshirdi

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining ikkinchi sessiyasida so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-son Farmoni talablari bo’yicha viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan 2019 yil davomida ichki ishlar organlari tomonidan aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek boshqa hayotiy muhim masalalarda bir qator tizimli va samarali ishlar amalga oshirilib, ijobiy natijalarga erishilganligini alohida ta’kidlar ekan, qilingan ishlardagi yutuqlarimiz bilan bir qatorda kamchiliklarimiz ham bor, muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan barcha yo’nalishlardagi ustuvor vazifalarni biz bundan buyon katta mas’uliyatni his etgan holda, xalqimiz ishonchini oqlash uchun tunu-kun xizmat qilib, aholi tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash borasida barcha imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur. Bunda belgilab berilgan vazifalarni alohida nazoratga olib, ularning bekamu-ko’st, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashimizda sessiya qatnashchilariga bir qator takliflar berildi. Buning uchun viloyat hududidagi kriminogen vaziyatni sog’lomlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, eng avvalo, bevosita mahallalarda, sektorlar doirasida ichki ishlar, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, davlat idoralari, fuqarolar yig’inlari va jamoatchilik institutlari bilan amaliy hamkorlikni yanada jadallashtirish va kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo’lgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Sirdaryo viloyati IIB tomonidan 2019 yilda sodir etilgan og’ir va o’ta og’ir turdagi jinoyatlar tahlil qilinganida, sodir etilgan ushbu turdagi jinoyatlarning aksariyat qismi, jinoyat sodir etgan shaxslar tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilganliklari oqibatida sodir etilganligi ma’lum bo’ldi.

Bugungi kunda viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasida 2019 yil yakuni bo’yicha viloyatda jami 1.525 nafar spirtli ichimlikka ruju qo’ygan shaxslar profilaktik hisobda turibdi. Lekinviloyat Narkologiya dispanserida majburiy davolanuvchi shaxslar uchun o’rinlar kamligi, bundan ko’rinib turibdiki, demak ichki ishlar organlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni majburiy davolanishlari uchun Narkologiya dispanseriga joylashtirishda o’z-o’zidan muammolar kelib chiqmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi 4075-sonli qarori ijrosi bo’yicha mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish, «Mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish» maqsadida viloyatning 221 ta mahallalarida tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati maskan”larida mahalla faollari, fidokor yoshlar va jamoatchilik vakillarini keng jalb etilishida mahalliy hokimliklar nazoratini kuchaytirish zarur bo’ladi. Sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni o’z vaqtida, issiq izidan fosh etilishida videokuzatuv moslamalaridan olinayotgan ma’lumotlar katta samara berayotganligini inobatga olib, viloyat hududida qurilayotgan barcha bino va inshootlar loyihalariga bir vaqtning o’zida videokuzatuv moslamalarini o’rnatish lozim bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2833-son qarori talablari ijrosi bo’yicha har haftaning payshanba kunlari viloyat miqyosida huquq tartibot organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik hamkorligida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” maxsus tadbirlari o’tkazilishida deputatlik nazoratini o’rnatish lozimligini ta’kidladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 fevraldagi mamlakatda «Obod mahalla-xavfsiz mahalla» tamoyiliga asosan kelgusida belgilangan chora-tadbirlarni o’z vaqtida bekamu-ko’st bajara olsak viloyatimizni huquqbuzarlik va jinoyatdan holi hudud qilishimizga zamin yaratadi. 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati