“Karantin davrida dars”.
Men Samadov Iskandar IIV Qashqadaryo akademik litseyining «Ijtimoiy gumanitar» fanlar kafedrasi falsafiy fanlar o‘qituvchisiman. 2019-yil oxiri va 2020-yil boshida COVID-19 koronavirusi butun dunyoga tarqalib, deyarli barcha mamlakatlarda karantin e’lon qilinishiga olib keldi.Buning natijasida, barcha sohalarda bo’lgani kabi, ta’lim sohasida ham ancha katta o’zgarishlar ro’y berdi. Xususan, O’zbekistonda ham barcha o’quv muassasalarida masofaviy ta’lim va online dars tizimi joriy qilindi.Bunday sharoitda albatta ertangi kun avlodlariga sifatli hamda qiziqarli online darslar tashkil qilish har bir o‘qituvchiga katta mas‘uliyat yuklaydi.Ushbu mas‘uliyatni chuqur anglagan holda litseyimiz o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan online darslari ma‘muriyat tomonidan nazorat qilinib, bundanda sifatli va qiziqarli darslar tashkil etish haqida ko‘rsatmalar berilmoqda. Litseyimiz o‘qituvchilari masofaviy pedagogik texnologiyalaridan, axborot hamda kompyuter texnologiyalari imkoniyatidan yuqori darajada foydalanib, online darslar tashkil etishmoqda.Jumladan, men ham online darsimni tashkil etishda o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi uchun ko‘rgazmali qurollardan, tezkor savol-javoblardan, mavzulashtirilgan testlardan va darsimga oid slaydlardan keng foydalanib kelmoqdaman. Ma‘lumot o‘rnida shuni aytishni joiz deb topdim. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot o‘z davrida «Bilim berishning yagona vositasi o‘quvchini qiziqtira olishdir» degan edi. Biz hozirgi karantin sharoitida o‘quvchilarni online darslarga qiziqtirib, ularning qimmatli vaqtlarini mazmunli o‘tkaza olsak, bu nafaqat ta‘lim sohasi vakillarining yutug‘i, balki butun o‘zbek xalqining ertangi kuni farovon bo‘lishini ta’minlaydi.



