O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari va Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida sportning mini-futbol turi bo’yicha musobaqa o’tkazish to’g’risida”gi 2021 yil 6 noyabrь kunidagi 232-sonli farmoyishiga asosan musobaqaning dastlabki mintaqaviy bosqichi 23-noyabrь kuni Qarshi shahridagi viloyat sport boshqarmasining sport kompleksida start oldi. Ushbu musobaqada IIVning Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo akademik litseylarining sportchi yoshlari ishtirok etishmoqda. Mini-futbol bo’yicha musobaqaning ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etildi. Musobaqalar belgilangan jadval asosida qizg’in va shiddatli kurashlar ostida o’tmoqda.