Respublika bo’ylab o’tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O’zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida ham qizg’in ishlar davom etmoqda. Shu kunlarda ushbu loyiha doirasida “Dolzarb 40 kunlik” obodonlashtirish ishlari e’lon qilingan bo’lib, akademik litsey jamoasi va o’quvchi-yoshlar darsdan bo’sh vaqtlarida ixtiyoriy ravishda ushbu loyihaga munosib hissa qo’shmoqda. Bugungi kunga qadar ta’lim muassasasi hududiga 80 tadan ortiq mevali, manzarali daraxtlar hamda gullar o’tqazildi. Daraxtlarga shakl berilib, atroflari obodonlashtirildi.