Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarni sinovdan o’tkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o’tkazildi. Ushbu tanlov ikki bosqichda o’tkazildi. Dastlab test savollariga eng tez va eng ko’p to’g’ri javob bergan 50 nafar ishtirokchi saralab olindi. Ularadan ijodiy savolga yuqori baho olgan 10 nafar ishtirokchi final bosqichiga yo’l oldi. Finalda ishtirokchilarga Konstitutsiya va qonunchilikka oid savollar berildi. Umummilliy Konstitutsiya imtihonida O’zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyining 3-kurs o’quvchisi Ravshanonv Diyorbek faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. G’olib 15 000 000 so’m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.