IIV akademik litseylarga oʼquvchilarning qishki taʼtil muddati 2022 yil 24 yanvarga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan, Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyida 2021/2022-oʼquv yilining ikkinchi yarmini toʼliq va puxta tayyorgarlik koʼrgan holda boshlash, litsey oʼquvchilarining vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy mahoratlarini oshirish, oʼquv jarayonida yangicha tartibda ishlashga oʼrgatish hamda zamonaviy taʼlim berishni taʼminlash maqsadida, 2022 yil 11 yanvarь kuni Qarshi Muhandislik iqtisodiyot institutining dotsenti, psixologiya boʼyicha falsafa fanlari doktori Аxror Roʼziev ishtirokida litsey oʼqituvchilar bilan amaliy seminar-trening va “Muloqot (kommunikatsiya) qobiliyati”, “Muloqotning “Uzatuvchi-Qabul qiluvchi” modeli” mavzularida mahorat darsi tashkil etildi.
Аmaliy seminar-trening va mahorat darsida akademik litsey oʼqituvchilari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.