Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʼishlab “Bobur kabi seving, Vatanni!” mavzusida “Zakovat” intellektual oʼyini boʼlib oʼtdi.
IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari, Xonobod qoʼrgʼonidagi harbiy qism harbiy askarlari, “Milliy tiklanish” partiyasi vakillaridan tuzilgan jamoalar Bobur hayoti va ijodiga oid savollarga javob topish uchun oʼzaro bellashdilar. Qizgʼin va murosasiz kechgan bahslarda IIV Qashqadaryo akademik litsey oʼquvchilaridan tashkil topgan jamoa faxrli birinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Gʼolib va sovrindor jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.