Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning 19-mart kuni ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 muhim tashabbusining 1-tashabbusi yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi ko’zda tutilgan edi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, bu borada xodimlarning bilim va malakasini boyitish maqsadida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” konseptual gʻoyasi asosida turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, 2022-yilning 4-5-aprel kunlari IIV Ashula va raqs ansambli Qashqadaryo viloyatining Muborak, Gʻuzor, Shahrisabz tumanlari, Qarshi shahrida boshqarma sohaviy xizmatlar xodimlari, shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolariga konsert dasturini namoyish etishdi.
Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish Konsepsiyasi hamda maʼnaviyat va maʼrifat oyligi doirasida tashkil etilgan konsert dasturida IIV Ashula va raqs ansablining bir guruh xonandalari, soʻz ustalari vohaning Qarshi shahri, Muborak, Gʻuzor va Shahrisabz tumanlarida konsert dasturini namoyish etishdi.
Konsertga ichki ishlar organlari xodimlari oilasi bilan, sohada xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar hamda xizmat burchini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari taklif etildi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Uchqun Tillayev rahbarligidagi guruhda el ardoqlagan sanʼatkorlar, Nihol mukofoti sovrindorlari Feruza Jumaniyozova, Farhod Qambarov, estrada xonandalri Sherali Bekmurodov, Ulugʻbek Xoliqov, Mashhura Ergasheva, Nurali Shukrullayev tomonidan aytilgan kuy-qoʻshiqlar va soʻz ustasi Oʻtkir Muhammadxujayev hamda qiziqchi Avaz Oxun askiyalari muxlislarda katta tassurot qoldirdi.