O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son «ZAKOVAT intelektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma‘rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq hamda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan 2022 yil 8-aprel kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida «Amir Temur va temuriylar davri bilimdoni» mavzusida Zakovat intellektual o’yini bo’lib o’tdi. Unda akademik litseyning saralash bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan 1-2-3 bosqich o’quvchilaridan iborat 3 ta jamoa hamda Qashqadaryo viloyati IIB xodimlaridan tashkil topgan mehmon jamoa g’oliblik uchun bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g’oliblikni akademik litseyning 3-kurs o’quvchilaridan tuzilgan 19-03 jamaosi qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’ringa Qashqadaryo viloyati IIB xodimlaridan iborat jamoa loyiq deb topildi. Uchinchi o’rinni esa akademik litseyning 2-kurs o’quvchilaridan tuzilgan 20-03 jamaosi egalladi. Tadbir yig’ilganlarda katta taasurot qoldirdi va bilimlarni yanada mustahkamladi.