IIV Qashqadaryo akademik litseyida ixtisoslashtirilgan fanlar boʼyicha turli mashgʼulotlar olib borish anʼanaga aylangan. Yaqinda taʼlim muassasasining 1-kurs oʼquvchilari ishtirokida jahon va Oʼzbekiston tarixi fanlaridan ochiq dars boʼlib oʼtdi. Unda litseyning tarix fani oʼqituvchisi Аsror Rahimov jahon tarixidan “Buyuk frantsuz burjua inqilobining amaliy-ilmiy ahamiyati” va Oʼzbekiston tarixi fanidan “Sharq uygʼonish davri” mavzularida kengaytirilgan dars mashgʼulotlari oʼtkazdi.
Darsda oʼqitishda innovatsion taʼlim usullarini qoʼllanilganligi, mavzu yuzasidan test topshiriqlarida oʼquvchilarning faol ishtiroki kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan litsey oʼqituvchilari tomonidan yuqori baholandi