28-may kuni Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy vakilligi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi Ichki ishlar akademik litseyida o’quvchilar o’rtasida ingliz tili fani bo’yicha «litsey a’lochisi» ko’rik-tanlovi o’tkazildi.
Dastlab, mazkur akademik litseyi direktori so’zga chiqib bugungi kunda xorijiy tillarning ahamiyati o’lkanligini ta’kidlab o’quvchi-yoshlarga ushbu tanlovda muvaffaqiyat tiladi.
Tanlovda umumiy 64 nafar o’quvchilar ishtirok etib o’z bilimlarini tilning reading va listening ko’nikmalaridan sinab ko’rishdi.
Tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga Agentlik sertifikatlari va g’olib bo’lgan 4 nafar ishtirokchiga esdalik sovg’alar taqdim etildi.
G’oliblar:
- Tursunmurodov Kamron/ Shirinboyev Ozodbek
- Bahriddinov Sarvar
- Bahrinov Javlon