IIV Qashqadaryo akademik litseyida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish, eshitish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilarning yil davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilish maqsadida 2022 yil 6 iyun kuni  1-kurs o‘quvchilari ishtirokida  ingliz  tili fanidan “Developing speaking skills: Town and country” mavzusida ingliz tili fani o‘qituvchisi Zilola Djalilova tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

Dars jarayonida asosan gapirish ko‘nikmasiga katta e’tibor berildi. Shahar va qishloqlarning afzalliklari va noqulayliklari haqida debat bo‘lib o‘tdi. Darsda o‘quvchilar juda faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini namoyish etishdi. Darsda akademik litsey o‘qituvchilari ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etib, o‘qitishda innovatsion ta’lim  usullari qo‘llanilganligi, o‘quvchilarning erkin fikr bildira olishliklari takidlanib, kuzatuvchilar tomonidan namunali baholandi.