Yoshlar — kelajagimiz egalari. Ularning kelgusida yetuk kasb egallashlari Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi

PQ-3216-sonli qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentyabrь kunidagi 767-son qaroriga asosan 2022-2023 oʼquv yili uchun Oʼzbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyiga oʼqishga kirish istagida boʼlgan nomzodlar toʼgʼrisida maxsus professional tanlov (diktant, sport, yakuniy suhbat) oʼtkazilmoqda.

Dastavval psixologik testdan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlardan diktant olinib, ularning savodxonlik darajasi aniqlandi. Soʼngra nomzodlar jismoniy tayyorgarlik boʼyicha belgilangan imtihonlarni topshirdilar. Hozir IIV Qashqadaryo akademik litseyda yakka tartibdagi suhbat jarayonlari davom etmoqda. Ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli oʼtgan nomzodlar test sinovlariga kiritiladi.

Jarayonlar shaffoflik va adolat mezonlariga toʼliq asoslangan holda oʼtkazilayapti. Bu esa kelajakda Ichki ishlar organlari saflarida vatanparvar, bilimli, el-yurt uchun xizmat qiladigan malakali kadrlar yetishib chiqishini taʼminlaydi.