“Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyatining ko‘zgusi” 5 muhim tashabbusining 4-tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan edi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 6-sentyabr kuni S.Nasafiy nomli Qashqadaryo viloyat axborot kutubxona markazida “Kitob va mutolaa” haftaligi doirasida umumiy o‘quv zali sektori tomonidan, Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari, Qarshi shahridagi 14-umum ta’lim maktabi o‘quvchilari, Viloyat filarmoniya teatri san’atkorlari bilan hamkorlikda “Kitob va kitobxonlik inson ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida madaniy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Axborot-bibliografiya xizmati rahbari N.Yakubova, kutubxona fondida olingan yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shundan so’ng IIV Qashqadaryo akademik litseyi o’quvchisi Baxtiyorova E’zoza kitobning inson hayotidagi o’rni haqida ma’lumot berdi, Meyliqulov Jasur va Abdukarimov Asilbeklar esa kitob haqidagi she’rlar o’qidilar. Kutubxona xodimlari tomonidan yozuvchilar asarlari va hayot yo’llaridan savol-javob tashkillashtirdilar, unda IIV Qashqadaryo akademik litseyi o’quvchilari faol ishtirok etdilar.