Ichki ishlar organlarida oʼtkazilayotgan “Kasbiy tayërgarlik oyligi” munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyining 1-kurs oʼquvchilari oʼrtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi boʼlib oʼtdi.
Uch shartdan iborat tanlovda oʼquvchilar xalqimizning buyuk mutafakkirlari, jahon va oʼzbek adabiëtining taniqli namoëndalari ijodi va faoliyati, adiblarning asarlari haqida va shoirlarning sheʼrlarini ifodali ëddan aytib berishdi.
Qizgʼin va bahslarga boy tanlovda bilimi hamda zukkoligi bilan Nozimahar Esonova faxrli 1-oʼringa sazovor boʼldi. Keyingi sovrinli oʼrinlarni Аsadbek Fayzullaev va Sevinch Ochilova qoʼlga kiritdi.
Tanlov gʼoliblari akademik litsey maʼmuriyati tomonidan faxriy ërliq hamda esdalik sovgʼalari bilan mukofotlandi.