IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarni, o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga sodiq, chinakam vatanparvar va fidoyi qilib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish hamda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi a’zosi, yuridik fanlari doktori, iste’fodagi polkovnik Abddug‘ofur Sattorov, Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Olimjon Abdullaev, ichki ishlar organlarining faxriylari va akademik litseyning o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.