“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqasi tashkil qilindi. Akademik litseyning  1 va 2-kurs o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqa qizg‘in bahs va chiroyli o‘yinlarga boy bo‘ldi.

O‘rtoqlik uchrashuvida akademik litseyning 2-kurs o‘quvchilari g‘olib bo‘ldi.