21 oktyabrь – Oʼzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida oktyabrь oyi ona tili fan oyligi sifatida eʼlon qilinib, turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilmoqda.
IIV Qashqadaryo akademik litseyida ham Oʼzbek tili bayrami koʼtarinki ruhda nishonlanmoqda. Taʼlim dargohining ona tili va adabiyot xonalari, oʼquv zallari hamda litsey foyesi oʼzbek tilining tarixi va taraqqiyotiga oid qiziqarli koʼrgazmalar, stendlar bilan jihozlandi, fan oyligi burchagi tashkil qilindi.
Shuningdek, oʼquvchilar oʼrtasida “Savodxonlik saboqlari”, “Pirimqul Qodirov asarlari bilimdoni” tanlovlari oʼtkazilib, gʼoliblar munosib taqdirlandi. Bundan tashqari, “Oʼzligimiz timsoli – ona tilim” mavzusida eʼlon qilingan insholar tanlovida litsey oʼquvchilari faol ishtirok etishdi.
Аkademik litseyda fan oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.