Agentlikning hududiy vakili tomonidan kirish imtihonlaridan muvafaqqiyatli o’tib Qarshi shahrida joylashgan Ichki ishlar harbiy akademik litseyi tinglovchisiga aylangan yoshlar uchun ma’ruza eshittirildi.

Hududiy vakillik mutaxassisi lektor sifatida barcha ishtirokchilarga chet tillarini bilish zamon talabi ekanligi hamda ularni oson o’zlashtirish usullari haqida ma’lumotlar yetkazdi.

Rejaga muvofiq joriy oyda akademik litseylar o‘rtasida nemis tili fani bo’yicha tanlov o’tkazilishi ma‘lum qilindi.