25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosbati bilan 2022-yil 25-oktyabr kunida “Ijtimoiy va huquqiy” fanlar kafedrasi o’qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyi saf maydonida  Ichki ishlar organlari  tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni IIV Qashqadaryo akademik litseyi direktori M.Ch.Do’styorov kirish so’zi bilan boshladi. Barchani Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi va bu sohada bo’layotgan o’zgarishlar haqida gapirib o’tdi. “Ijtimoiy va huquqiy” fanlar kafedrasi o’qituvchisi Turayev Faxriddin so’zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab bu tizimda dastlab 1991-yil 25-oktyabr kuni asos solinganligi va 2006-yilda qabul qilingan qonun asosida har yili 25-oktyabr “Ichki ishlar organlari kuni” sifatida bayram qilinishligi va 2016-yil “Ichki ishlar organlari to’g’risidagi” qonunni qabul qilinishi, farmonlar va qarorlar o’z ijrosini ta’minlanmoqda ekanligini aytib o’tdi.

Barchani Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan Bilimdonlar sinovi viktorinasi g’oliblarini ham taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Litsey o’quvchilari tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini madh etuvchi atalgan she’rlar va qo’shiqlar ijro etildi.

Tadbir so’ngida litsey o’quvchilari sohani madh etuvchi saf qo’shiqlari bilan marsh yurishlarini amalga oshirdi.

Tadbir yuqori kayfiyat va saviyada tashkil etildi. O’quvchilar bu tadbirdan sohaga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortdi.