2022 yil 20-oktyabr kuni Sayido Nasafiy nomidagi viloyat Axborot kutubxona markazining Umumiy o’quv zali sektori va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi Sayfulla Mahmatmo‘minov, Qarshi davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi dotsent Nilufar Yo‘ldoshova, viloyat Adliya boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i Nilufar Sattarova hamda IIV Qashqadaryo akademik litsey o‘quvchilari bilan hamkorlikda, 21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Inson insonligi, til bilan aziz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o’tdi. Adliya boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i Nilufar Sattarova O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida ta’kidladi. Mazkur davra suhbati mobaynida IIV Qashqadaryo akademik litsey o’quvchilari hamda A.Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari “Til-millat faxri” she’riy kompozitsiya ijro etdilar. Tadbir so’ngida viloyat AKM mutaxassisi R.Otamurodova mavzuga oid adabiyotlarga bibliografik sharh berdi. Davra suhbatida faol ishtirok etganlar esdalik sovg‘alari bilan taqlirlandilar.