Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan viloyat Adliya boshqarmasi binosida «Zakovat» intellektual o’yini tashkil etildi. Intellektual o’yinda yuridik texnikumning «Uzbek power», “Yuristlar”, “O’qituvchilar jamoasi”, IIV Qashqadaryo akademik litseyining «Qalqon» hamda Nuriston akademik litseyining «Nuriston» jamoalari hamda ishtirok etishdi. O’yinni Qashqadaro viloyati  Zakovat klubi bosh koordinatori F.Eshmanov olib bordi. Murosasiz va qizg’in bahslarga boy bo’lgan o’yinda yakuniy natijalarga ko’ra:

1-o’rinni Nuriston akademik litseyining “Nuriston” jamoasi

2-o’rinni Yuridik texnikumning «Uzbek power» jamoasi

3-o’rinni IIV Qashqadaryo akademik litseyining «Qalqon» jamoalari qo’lga kiritdi.

O’yin o’zaro qizg’in bahslar-munozaralar, mantiqiy va tanqidiy fikrlashga asoslangan holda bo’lib o’tdi. G’olib bo’lgan jamoalarga diplom hamda esdalik sovg’alari topshirildi. Bundan so’ng shu kabi intellektual o’yinlarni ta’lim muassasalarda ko’proq o’tkazish haqida kelishib olindi.