31 oktyabr-4noyabr kunlari O’zbekiston Milliy kutubxonasida «INFOLIB UZBEKISTAN-2022» XI Milliy axborot kutubxona xaftaligi doirasida 2022 yil 2-noyabr kuni IIB Qashqadaryo viloyati Akademik letseyi o’quvchilariga, Sayida Nasafiy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirildi. Sayohat mobaynida ularga, Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi R.Rajabova hamroxlik qildi va kutubxonaga a’zo bo‘lish, elektron va an’anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish, badiiy va sohaviy adabiyotlarni elektron resurslarini izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, internet va WI-FI zonasi xizmatlaridan foydalanish kabi qoidalar bilan tanishtirdi hamda kutubxona faoliyati, tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berib o’tdi.