“Mangu hilpirayver, Vatan bayrog‘i!”
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Mangu hilpirayver Vatan bayrog‘i” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, boshqarma faxriylari, Vazirlik Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tantanali bayram tadbirida davlatimiz ramzlari haqida ma’lumot berib, xususan, O‘zbekiston bayrog‘ining yaratilishi, uning qadr-qimmati va ahamiyati haqida faxr bilan so‘zladilar.
Litseyning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan o‘qilgan bayrog‘imiz haqida she’rlar barchani xushnud etdi.