Yurtimiz buyukligini, millatimiz o’zligi-yu xalqimizning bebaho qadriyatlarini o’zida aks ettirgan Davlat ramzlari Ona Vatanimiz kabi muqaddas va mo’tabardir. 18-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligiga 31 yil to’ldi. Ushbu qutlug’ sana munosabati bilan Mudofaaga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrining markaziy Islom Karimov ko’chasi bo’ylab “Muqaddasdir Vatan bayrog’i” shiori ostida parad va «Vatanparvarlik avtokarvoni» tashkil etildi. Unda IIV Qashqadaryo akademik litseyi o`quvchilari ham munosib ishtirok etdilar. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlar qalbida davlar ramzlariga bo’lgan hurmat va iftixor tuyg’ularini shakllantirishdan iboratdir.