Yaqinda IIV Qorovul qoʼshinlariga qarashli Qarshi shahrida joylashgan 7533-harbiy qism, viloyat Аxborot kutubxona markazi, IIV Qashqadaryo akademik litseyi hamda Qarshi davlat universiteti hamkorligida taniqli davlat va jamoat arbobi hamda adib Sharof Rashidov tavalludining 105 yilligiga bagʼishlab davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar adibning hayoti va ijodi, Sh. Rashidov respublikamizga rahbarlik qilgan yillarda yurtimizda amalga oshirilgan ulkan ishlar toʼgʼrisida yigʼilganlarga batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari tadbir davomida oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi