1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan 2022-yilning 26-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyida “Biz OITSga qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati bo’lib o’tdi. Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot bo’limi SENM katta shifokor-epidemiologi katta leytenant S.M.Bebetov hamda viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokor-infeksionisti H.Rajabovlar tadbirda akademik litseyning 1-bosqich o’quvchilarga OITS kasalligi, uning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari, undan himoyalanish yo’llari haqida batafsil tushunchalar berishdi.