Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-96-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hamda 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan IIV Qashqadaro akademik litseyida Zakovat intellektual o’yini tashkil qilindi.
Intellektual o’yinda akademik litseyning 2-bosqich o’quvchilaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi.
Intellektual o’yinni huquqshunoslik fani o’qituvchilari E.Jabborov va G’.Xudoyqulov olib bordi.
Intellektual o’yin 3 ta shart asosida o’tkazilib, 1-shart O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2-shart huquqshunoslik fanlaridan,
3-shart mantiqiy savollardan iborat bo’ldi.
Qiziqarli va qizg’in bahslarga boy bo’lgan o’yinda, 1-o’rinni 21-01 guruhi, 2-o’rinni 21-03 guruhi, 3-o’rinni 21-04 guruhlari egalladi.