Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yilning 19-mart kuni ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 muhim tashabbusining 4-tashabbusi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan. Ushbu tashabbus ijrosi hamda Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyatini yanada oshirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirining 2021-yil 2-avgustdagi 274-son buyrug’i bilan Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi kitobxon” ko’rik-tanlovini o’tkazish tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma va 400-son buyrug’i bilan tasdiqlangan adabiyotlar ro’yhati asosida 2022-yil 6-dekabr kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyining ikkinchi bosqich o’quvchilari o’rtasida «Yosh kitobxon» tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlov ikkita shart bo’yicha o’tkazilib, unga ko’ra birinchi shart adiblarning hayoti va ijodi, ikkinchi shart badiiy asarlarni mahorat bilan sharhlab berishdan iborat bo’ldi.
Tanlovda berilgan adiblarning asarlarini mahorat bilan so’zlab bergan 21-06 guruh o’quvchisi Ziyodullayeva Nargiza 1-o’rin, 21-04 guruh o’quvchisi Baxtiyorova Sevinch 2-o’rin, 21-04 guruh o’quvchisi Karimqulov Ro’zimurod 3-o’ringa munosib deb topildi.