Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-96-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hamda 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022-yil 20-avgustdagi 189-sonli farmoyishi asosida dekabr oyi “Konstitutsiyaviy huquq” fani oyligi doirasida IIV Qashqadaryo akademik litseyida Zakovat intellektual o’yini tashkil qilindi.

Intellektual o’yinda  akademik litseyning 2-bosqich o’quvchilaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi.

O’yinni huquqshunoslik fani o’qituvchilari E.Jabborov, G’.Xudoyqulov, F.Turaev hamda Yoshlar yetakchisi H.Negmatovlar olib bordi.

Intellektual o’yin 3 ta shart asosida o’tkazilib, 1-shart O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalarini yoddan aytish, 2-shart Konstitutsiya asosida tuzilgan test savollariga javob berish, 3-shart Konstitutsiyaga asoslangan bilet savollariga jamoa bo’lib og’zaki javob berish shartlaridan iborat bo’ldi.

Qiziqarli va qizg’in bahslarga boy bo’lgan o’yinda, 1-o’rinni 21-04 guruhi, 2-o’rinni 21-08 guruhi, 3-o’rinni 21-06 guruhlari egalladi.