8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi Yoshlar markazida IIV Qashqadaryo akademik litseyi, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi, QarDU akademik litseyi, QarMII akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yinini o’tkazildi.

♻️O’yin 1 tur bosqichida tashkil etilib, 16 ta savoldan o’ynaldi. Javoblar o’zaro qizg’in bahslar bilan, mantiqiy va tanqidiy fikrlashga asoslanib, guruhlar tomonidan berib borilib, hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.