IIV Qashqadaryo akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan 3-bosqich viloyat fan olimpiadasida o‘zbek tili fanidan IIV akademik litseyining 2-kurs o‘quvchisi Sevinch Sa’dullaeva 2-o‘rinni, o‘zbek tili fanidan 2-kurs o‘quvchisi Zarina Eshmurodova 3-o‘rinni hamda rus tili fanidan 2-kurs o‘quvchisi Sabrina Yo‘ldosheva 3-o‘rinni egallab, fan olimpiadasining 4-Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.  Yaqinda fan olimpidasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularningo‘qituvchilari IIV Qashqadaryo akademik litseyi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.