Ichki ishlar organlari o‘quv muassasalarda  jori yil dekabr oyi “Konstitutsiyaviy huquq” fani oyligi deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida 2-bosqich o‘quvchilari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” ning mazmun- mohiyati va inson huquqlariga oid tushunchalari va milliy qonunchiligimizdagi inson huquqlariga oid normalar haqida fikrlar bayon etildi.

Tadbirda litseyning huquq fani o‘qituvchilari E.Jabborov va F.Turayev ishtirok etib, o‘quvchilarning bu boradagi savollariga javoblar berishdi.