Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyining bir guruh oʼquvchilari Yangi yil bayrami arafasida Qarshi shahridadagi “Muruvvat” nogironligi boʼlgan bolalar uchun internat uyiga borib, ushbu maskanda davlatimizning gʼamhoʼrligi ostida tarbiya olayotgan bolajonlarni bayram bilan qutlashdi. IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan sahna koʼrinishlari bolajonlarga bir olam quvonch ulashdi. Tadbir soʼnggida bolajonlarga sovgʼalar ulashildi.
Shundan soʼng oʼquvchilar shahar markazida oʼrnatilgan Yangi yil hiyoboniga ham sayohat qildilar.