Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyida 2022-2023 o‘quv yili qishgi ta’tilida o‘qituvchilarning malakasini oshirish va yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni mazmunli o‘tkazish maqsadida Qarshi davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti A.Pardayev, dotsent J.Berdiyev, “Psixologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Ismoilov tomonidan “Mahorat” darslari o‘tildi.

Jumladan, dotsentlar A. Pardayev va J.Berdiyev “Tarix darslarini qiziqarli o‘tish”, katta o‘qituvchi N.Ismoilov “O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda psixik yondoshuv” mavzularda ma’ruza qilishdi.

Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha tavsiyalar berishdi. Ma’ruzachilar o‘qituvchilar bergan savollarga atroflicha javob berishdi.