O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unda akademik litseyining «Posbonlar» hamda 7256-harbiy qismning «Lochinlar» jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni 7256-harbiy qismning «Lochinlar» jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblar akademik litsey ma’muriyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.