Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi IIVning 2022 yil 27 dekabrь kunidagi 322-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch!” shiori ostida 2023 yil 12 yanvarь kuni bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etildi.
Jumladan, akademik litseyda taʼlim muassasasining ustozlari va oʼquvchilari ishtirokida Qarshi tumanidagi Xonobod qoʼrgʼonida 63226-sonli harbiy qism xizmatchilari va soha faxriylari bilan uch avlod uchrashuvi oʼtkazildi. Tadbir davomida harbiy qism xizmatchilari tomonidan harbiy qism tashkil etilishining tarixi, bosib oʼtgan jangovor yoʼli va hozirgi faoliyati batafsil tanishtirildi. Shuningdek, harbiy qism uchuvchilari oʼquvchilarga xizmat faoliyati davomida foydalanadigan texnik vositalar, jangovar moslamalarini namoyish etishdi. Bu oʼquvchilarda ushbu sharafli kasbga nisbatan katta qiziqish uygʼotdi.

1) Qashqadaryo viloyati Faxriylar kengashi Raisi zahiradagi podpolkovnik Umurqulov G‘ayrat Serobovich
2) Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi zahiradagi mayor Shaymardonov O‘ktam Ergashevich
3) Xonobod qo‘rg‘onchasi 103/29-sonli harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Berdiyev Elyor Inomjonovich va harbiy qism uchuvchilari