O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 19-dekabrdagi 2/2-2785-son ko‘rsatmasining 3-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2023-yil 9-yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchilari Omonov Zufar Almardon o‘g‘li, Yuldosheva Sabrina Azizovna hamda akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi Xolboboyev Abdunnur O’ktam o‘g‘li Ingliz tili fanining bilish darajasini aniqlash bo‘yicha tanlovda qatnashib, imtiyozli B2 sertifikatga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari Islomov Zufar Inomjon o‘g‘li, Hikmatullayev Ilhom Ravshan o‘g‘li, Baxtiyorova Sevinch Fahriddin qizi, Karimqulov Ro’zimurod Farhod o‘g‘li, Egamberdiyeva Farangiz Boborahim qizi, Xudoyberdiyev Shavkat Shuxratovich ingliz tili va Xudoyqulova Shaxzoda Anvar qizi nemis tili fanlarining bilish darajasini aniqlash bo‘yicha tanlovda qatnashib, ularning barchasi B1 sertifikatga ega bo‘ldilar.
IIV Qashqadaryo akademik litseyi