O’qituvchilarning malakasini oshirish va yangi pedagogik texnologiyalar asosida darslarni mazmunli tashkil etish maqsadida IIV Qashqadaryo akademik litseyida oliy toifali tarix fani o’qituvchisi Uzoqov Begali tomonidan mahorat darsi o’tkazildi.
Darsda “O’quvchi yoshlarni darsga qiziqtirishning o’nta tamoyili”, “O’quv shartnomasi tuzish”, “Soat millari”, “O’z o’rningni top”, “Manzilni top” va shu kabi yangi metodik tavsilar berib o’tildi.
Shuningdek, darsda berilgan metodik tavsiyalar o’quvchilar uchun og’zaki nutqni shakllantirishi, fikrni o’zgaga yetkaza olishi, xotirani rivojlantirishi, insonni tinglashga va sabrli bo’lishga o’rgatishi ham alohida ta’kidlab o’tildi.
Mahorat darsi o’qituvchilarga yangi ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars mashg’ulotlarini tashkil etish usullari haqida yangi tavsiyalar taqdim etdi.