“Zakovat” intellektual o’yini
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-96-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022-yil 20-avgustdagi 189-sonli farmoyishi asosida yanvar oyi “Jahon tarixi” fani oyligi doirasida 2023-yilning 27-yanvar kuni IIV Qashqadaryo akademik litseyida Zakovat intellektual o’yini tashkil qilindi.
“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil qilingan intellectual o’yinda akademik litseyning 2-bosqich o’quvchilaridan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi.
Intellektual o’yinni Tarix fani o’qituvchilari Q.Oromov, I.Poyanovlar olib bordi.
Qiziqarli va qizg’in bahslarga boy bo’lgan o’yinda, 1-o’rinni 21-03 guruhi, 2-o’rinni 21-04 guruhi, 3-o’rinni 21-01 guruhlari egalladi.