Bugun IIV Qashqadaryo akademik litseyida Ichki ishlar vazirligi va Qashqadryo viloyati IIB mas’ul xodimlari ishtirokda Prezdentimizning 2020 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ko‘lami keng yig‘ilishda Qarorning mazmun-mohiyati va ichki ishlar organlari xodimlari oldida turgan vazifalar hamda ularga yaratilgan imkoniyatlar atroflicha tushuntirildi.