Fevral — adabiyot fani oyligi

“Adabiyot yashasa, millat yashar”- degan edi XX asr o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri Abdulhamid Cho‘lpon. Darhaqiqat, adabiyot millatning ruhini, o‘zligini, ezgu qadriyatlarini aks ettiruvchi, insonning ma’naviy olamini boyituvchi, unga odob-axloq ilmidan, ya’ni odamiylikdan saboq beruvchi bebaho vositadir.

IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘quvchilarni badiiy asarlar mutolaasiga qiziqtirish, ularni san’at va ma’daniyat sohasiga oshno etish maqsadida bir qator ma’naviy- a’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 11-fevral kuni ta’lim maskanida o‘quvchilarga ulug‘ o‘zbek adibi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon qalamiga mansub “Kecha va kunduz” romani asosida suratga olingan videofilm namoyish qilindi. Litseyning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Mo‘tabar Ravshanova o‘quvchilarga ijodkorning hayoti va faoliyati hamda asarning yaratilish tarixi haqida gapirib berdi. Litsey o‘quvchilari “Kecha va Kunduz” videofilmini qiziqish bilan tomosha qilishdi.