Abu Rayhon Beruniy buyuk mutafakkir va qomusiy olim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosi yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida Abu Rayxon Beruniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda litseyning tarix fani o‘qituvchisi Asror Rahimov Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy hayoti, ilm fan va madaniyatga qo‘shgan hissasi, asarlari haqida o‘quvchi yoshlarga ma’lumotlar berdi.

Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asari haqida berilgan ma’lumotlar o‘quvchi yoshlarda katta taassurotlar uyg‘otdi.

Mazkur uchrashuvda IIV akademik litseyining tarix fani o‘qituvchilari tomonidan berilgan qo‘shimcha ma’lumotlar o‘quvchilarning buyuk alloma haqidagi bilimlarni boyitdi.